13:06 / 30.03.2017
5 431

Microsoft O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqchi

Microsoft O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqchi
28 mart kuni O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligida Microsoft kompaniyasining delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Sof.uz sayti.

Ayni damda Microsoft kompaniyasi vakillari, Toshkentda o‘tkazilayotgan "Microsoft Innovation day" anjumanida ishtirok etish uchun, O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turibdi.

Uchrashuvda mehmonlar Microsoftning MDH davlatlaridagi loyiha va tajribalari xususida to‘xtalib, kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga qiziqish bildirdilar.

O‘zbekiston tomoni ushbu hamkorlik har ikkala tomon uchun ham samarali bo‘lishini qayd etib, davlat boshqaruvida, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar, shuningdek ta’lim sohalariga axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekistondagi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan universitetlar hamda Microsoft o‘rtasidagi IT-ta’lim yo‘nalishidagi o‘zaro aloqalarning istiqboli, ahamiyati to‘g‘risida alohida qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, besh kun oldin Microsoft Toshkentdagi Inxa universitetiga kompaniya professional mahsulotlaridan bepul foydalanish uchun 700ta vaucher sovg‘a qilgan edi. Sovg‘a qilingan Microsoft Imagine dasturlar jamlanmasi yordamida IUT talabalari Windows operasion tizimi, Microsoft Azure, Visual Studio, SQL Server, Xamarin va boshqa dasturlardan bepul foydalanishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Microsoft O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqchi