23:13 / 30.03.2017
6 884

Rossiyada rubl kursi muzlatilishi mumkinligi aytildi

Rossiyada rubl kursi muzlatilishi mumkinligi aytildi
Rossiya Markaziy banki Rossiya rubli kursini barqarorlashtirish uchun qat’iy kurs o‘rnatishi mumkin. Bu haqda 30 mart kuni Rossiya prezidenti maslahatchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Sergey Glazev aytdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Glazevning aytishicha, Markaziy bankning asosiy vazifasi milliy valyuta barqarorligini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. "Rubl kursini muzlatish bundagi usullardan biridir, biroq bu ongli darajada qilinishi lozim va hamma bu narx raqobatbardoshligini ta’minlashini anglashi kerak", deb aytdi Glazev.

Avvalroq Glazev Rossiyaning pul-kredit siyosati "ekzotik xarakterga" ega bo‘lib, moliyaviy firibgarlar boyishi uchun sharoitlar yaratishini aytgandi.

Mart oyida Rossiya Federasiya kengashi Markaziy bankka rublning ayirboshlash kursini muzlatishni tavsiya qilgandi. Senatorlarning fikricha, Markaziy bank shu yo‘l bilan valyuta spekulyasiyalarini to‘xtatishi mumkin.

Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina hukumat erkin valyuta kursini qo‘llab-quvvatlashini bir necha marotaba aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiyada rubl kursi muzlatilishi mumkinligi aytildi