09:03 / 05.04.2017
9 058

Iqtisodiyot vazirligi: 2017 yilda paxta va g‘alla maydonlari qisqartiriladi

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasining 3.3-bandi, ya’ni “Qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish”ga muvofiq, Er va suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini maqbullashtirish rejalashtirilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Iqtisodiyot vazirligi: 2017 yilda paxta va g‘alla maydonlari qisqartiriladi
2017 yilda paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish rejalashtirilmoqda. Qisqartirilgan ekin maydonlariga boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish belgilangan:

. 8,1 ming gektar erga kartoshka;
. 27,2 ming gektar erga sabzavot;
. 5,9 ming gektar erga intensiv bog‘;
. 2,9 ming gektar erga tokzor;
. 10,9 ming gektar erga ozuqa ekinlari;
. 4 ming gektar erga moyli ekinlar.


Dasturlarda oziq-ovqat mahsulotlari xom ashyo bazasini, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish, ichki iste’mol bozorini mahalliy mahsulotlar hisobiga to‘ldirish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shulardan kelib chiqib, bugungi kunda mahsulotlarni tayyorlash, saqlash, birlamchi qayta ishlash, va eksporti bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan jami 310 ming tonna xom ashyoni qabul qilish quvvatiga ega 11 ta savdo-logistika markazlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Iqtisodiyot vazirligi: 2017 yilda paxta va g‘alla maydonlari qisqartiriladi