11:55 / 04.06.2015
7 944

Pavel Durov “Vkontakte” data-sentrini 1 mlrd rublga sotdi

Pavel Durov “Vkontakte” data-sentrini 1 mlrd rublga sotdi

“Vkontakte” o‘zining yaratuvchisi hamda sobiq rahbari bo‘lgan Pavel Durovdan ijtimoiy tarmoqning Leningrad viloyatida joylashgan data-sentrni sotib oldi, deb yozmoqda kun.uz.

Ma’lumotlarga qaraganda, kelishuv narxi 1 mlrd rublni tashkil qilgan. Pavel Durov o‘ziga aktivlarning kerak emasligini ma’lum qilgan. “Vkontakte” uchun bu data-sentr xarajatlarni qisqartirish hamda boshqa ta’minotchilarga tobelikni kamaytiradi.

Ma’lumot uchun, Pavel Durov aksionerlar bilan bo‘lgan kelishmovchiliklar sabab “Vkontakte”dagi o‘z ulushini Mail.Ru Group hamda “Megafon” bosh rahbari Ivan Tavringa sotib yuborgan edi. Hozirda Durov “Telegramm” messenjeri bilan shug‘ullanmoqda. 2015 yilning may oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, foydalanuvchilar soni 62 mln bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Pavel Durov “Vkontakte” data-sentrini 1 mlrd rublga sotdi