7 969
Alisher Usmonov qaysi sohaga sarmoya kiritish muvaffaqiyat keltirishi mumkinligini ma’lum qildi
Alisher Usmonov so‘nggi yillarda asosiy daromadni Rossiya va xorijiy ishlab chiqaruvchilar internet-texnologiyasiga kiritgan sarmoyasi tufayli olmoqda. Bu haqda asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor "Vedomosti" gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
"Mening so‘nggi 15 yil davomidagi daromadlarimning asosiy qismi xorijiy aktivlarga kiritilgan sarmoyalar, so‘nggi 5 yildagisi esa - Facebook, Alibaba, JD.com, Twitter kabi xorijiy internet-aktivlarga kiritilgan investisiyalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Fikrimcha, axborot texnologiyalarning o‘rni bundan buyon faqat o‘sib boradi", - deya aytib o‘tdi Usmonov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Apple’ga kiritilgan sarmoyalardan ko‘ngli to‘lmoqda, Uber va Xiaomi aksiyalaridan esa kelajakda daromad kelishi mumkin. Shuningdek Usmonovning taxminicha, sun’iy idrok, big data, VR va AR kabi yangi yo‘nalishlarga kiritilgan sarmoyalar ham muvaffaqiyat olib kelishi mumkin.
Alisher Usmonov Bloomberg talqiniga ko‘ra, Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlari ro‘yxatida beshinchi o‘rinda turadi. Uning boyligi taxminan 14 mlrd. dollarga baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring