15:34 / 20.04.2017
6 458

O‘zbekiston Tojikistonga yengil avtomobillar etkazib beradi

O‘zbekiston Tojikistonga yengil avtomobillar etkazib beradi
«O‘zavtosanoat» kompaniyasi Tojikistonga yengil avtomobillar etkazish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Bu haqda Tojikiston respublikasi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi deb yozadi Kun nashri.

Xabar qilinishicha, «O‘zavtosanoat» kompaniyasi Tojikistonning «Lesinvest» va «Tajmotors» kompaniyalari bilan yengil avtomobillarni etkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolagan. Shuningdek «Gayur» kompaniyasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi ham imzolandi. Shartnomalar qiymati noma’lum. 

Hujjatlar Dushanbeda o‘z ishini yakunlayotgan O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida imzolandi. Ko‘rgazmada «O‘zavtosanoat» kompaniya korxonalari tomonidan ishlab chiqariluvchi 200 dan ortiq nomdagi mahsulotlarni namoyish etdi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston va Tojikiston SSP o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv, TRANSNEFTEGAZ GLOBAL SERVIS va «Gayur» kompaniyasi o‘rtasida anglashuv va foydali qazilmalarni etkazib berish bo‘yicha memorandumlar hamda boshqa qator bayonnomalar imzolandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Tojikistonga yengil avtomobillar etkazib beradi