Rossiya va O‘zbekiston federasiya hududidan neft tashish yo‘nalishlari hamda hajmini muhokama qilishni davom ettiradi. Bu haqda Rossiya Energetika vazirligi matbuot xizmatiga asoslangan holda Kun nashri xabar berdi.
«O‘zbekneftgaz» va Rossiya energetika vazirligi o‘rtasida anglashuv memorandumi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi doirasida imzolangandi. Unga ko‘ra tomonlar turli sohalar qatori O‘zbekistonga neft etkazib berish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishgandi.
Memorandumning amaliyotini muvofiqlashtirish uchun uch tomonlama ishchi guruh tashkil qilingan.
Rossiya Federasiyasi energetika vaziri o‘rinbosari Kirill Molodsovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali neft etkazishning ikkita ehtimoliy marshruti mavjud. Uning so‘zlariga qaraganda, ular hozirda o‘rganib chiqilmoqda.
Toshkentda 13-14 aprel kunlarida ikki mamlakat vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan va unda O‘zbekistonga neft etkazib berish sohasidagi munosabatlarning istiqbollari muhokama etilgandi.
Mart oyida, O‘zbekiston prezidentining Qozog‘istonga tashrifi doirasida «O‘zbekneftgaz» va «QazMunayGaz» kompaniyalari o‘rtasida neftgaz sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangandi. Unga ko‘ra, «QazMunayGaz» Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzit qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi