15:24 / 24.04.2017
6 802

Dollarning rasmiy kursi 4 ming so‘mga yaqinlashib qoldi

Dollarning rasmiy kursi 4 ming so‘mga yaqinlashib qoldi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 25 apreldan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

18 apreldan e’tiboran 1 AQSh dollari 3706 so‘m 22 tiyin etib belgilandi. Bu avvalgi kursga nisbatan 27 so‘m 33 tiyinga qimmatroqdir.
1 evroning qiymati 3967 so‘m 46 tiyin ( +65,83), 1 Rossiya rubli esa 65 so‘m 91 tiyin (+0,56) etib belgilandi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollarning rasmiy kursi 4 ming so‘mga yaqinlashib qoldi