18:16 / 01.05.2017
6 216

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 2 maydan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3734 so‘mu 91 tiyin etib belgilandi. Bu 24 apreldagi kursga nisbatan 27 so‘mga ko‘p.

Shuningdek, 1 evro qiymati 4075 so‘mu 98 tiyinga etgan.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi