21:13 / 04.05.2017
5 887

EI elchisi O‘zbekistondagi valyuta siyosatini tanqid qildi

EI elchisi O‘zbekistondagi valyuta siyosatini tanqid qildi
2017 yil 4 may kuni Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi idorasida OAV vakillari ishtirokida press-konferensiya tashkil etildi. Tadbirda EI O‘zbekistondagi delegasiyasi rahbari Eduards Stiprays o‘zining bayonoti bilan ishtirok etdi.

Eduards Stiprays

Anjuman davomida elchi O‘zbekistondagi valyuta siyosatiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi:
"O‘zbekistondagi mavjud valyuta siyosati ko‘p hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etishga to‘sqinlik qiladi. Bu hech kimga sir emas. Ayni damda, bu O‘zbekiston hukumati tomonidan hal etilayotgan muhim masalalardan biridir.

2017-2021 yillarda beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining harakatlar strategiyasida valyuta tizimini tartibga solish uchun bozor vositalarini joriy etilishi qayd etilgan va bu xorijlik sarmoyadorlar uchun kuchli ishora bo‘lishi mumkin", - deydi EI delegasiyasi rahbari.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, investisiyalar foyda ko‘rishning imkoni yo‘q bo‘lgan erga emas, biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan muhit tomon oshiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » EI elchisi O‘zbekistondagi valyuta siyosatini tanqid qildi