O‘zbekiston va Turkiya yaqin yillarda o‘zaro tovar aylanmasi hajmini hozirgi 1,2 mlrd dollardan 2-3 marotaba ko‘proqqa oshirmoqchi. Bu haqda Turkiya fan, sanoat va texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Hasan Chelik Anqarada o‘tayotgan "Turkiya va O‘zbekiston iqtisodiy munosabatlari" anjumanida aytib o‘tdi.
Chelikning aytishicha, ikki davlat o‘zaro iqtisodiy munosabatlarda tarixiy yaqinligini aks ettirishi kerak. Uning fikricha, O‘zbekiston va Turkiya ikki davlat manfaatlari yo‘lida hamkorlikning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha ishlashi lozim.
Anjuman davomida ishtirokchilar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy investorlarga yaratilgan sharoitlar, turk kompaniyalari bilan birgalikda amalga oshirish taklif qilinayotgan istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot olishdi.
Shuningdek, sayyohlik sohasidagi, jumladan mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, kurort-rekreasion hududlarni yaratish bo‘yicha investision loyihalar namoyish qilindi.
Tadbirda Turkiya vazirliklari, boshqarmalari, savdo palatalari, to‘qimachilik, farmasevtika, turizm, charm sanoatida faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar rahbarlari va vakillari ishtirok etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?