Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, Alibaba Group elektron tijorat kompaniyasi asoschisi Jek Ma Xitoyning eng badavlat kishisiga aylandi.
Shu tariqa, tadbirkor Wanda Group rahbari Van Szyanlinni ortda qoldirgan.
Aniqlik kiritilishicha, Jek Maning davlati 30,9 mlrd. dollar, Van Szyanlinniki esa - 30,7 mlrd dollarga baholangan.
Foto: China Daily
Wanda Group asoschisi asosan ko‘chmas mulk va ko‘ngilochar sohalar tufayli pul ishlab topadi. Jek Maning davlati esa 2017 yilda Alibaba aksiyalari qimmatlashgani bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, Osiyoning eng boy kishisi sifatida hongkonglik multimilliarder Li Szyachen e’tirof etildi. Uning mablag‘lari 32,9 mlrd. dollarga baholandi.
Alibaba Group – Xitoyning yirik kompaniyasi bo‘lib, elektron tijorat sohasida faoliyat olib boradi. U 1999 yilda tashkil topgan hamda tarkibiga AliExpress.com, Taobao.com, Tmall.com, Alibaba.com va Alibaba Pictures kabi kompaniyalar kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi