10:03 / 23.05.2017
6 743

Uyali aloqa operatorlariga so‘mli tariflar ishlab chiqish topshirildi

Uyali aloqa operatorlariga so‘mli tariflar ishlab chiqish topshirildi
Axborot texnologiyalarini va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi uyali aloqa operatorlariga qiymati so‘mda belgilangan tariflar ishlab chiqishni topshirdi.

“Axborot vazirligining so‘nggi majlisida barcha operatorlarga qiymati so‘mda bo‘lgan tariflar ishlab chiqish topshirildi. Bu narxlar oshadi yoki kiamayadi degan ma’noni bildirmaydi. Ular faqat boshqa valyutada belgilanadi, xolos”, — deb izoh berdi vazirlik. Shu bilan birga yangi so‘mli tariflar qachon paydo bo‘lishi haqida aniq ma’lumot berilmadi, — deb yozadi Sputnik nashri.

Bugungi kunda O‘zbekiston uyali aloqa bozorida GSM standartida to‘rtta operator “Bilayn”, Ucell, UMS va Uzmobile faoliyat yuritmoqda. Inflyasiya darajasini oldindan aytish qiyin bo‘lgani tufayli ularning hammasi tariflari AQSh dollari hisobida belgilangan. Bu yil O‘zbekiston uyali aloqa abonentlari soni 21,4 mln kishiga etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Uyali aloqa operatorlariga so‘mli tariflar ishlab chiqish topshirildi