13:20 / 07.06.2017
6 375

Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 50% ga ortdi

Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 50% ga ortdi
2017 yilning dastlabki choragida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50,79% ga ortdi, deb yozadi Uz24.uz sayti.

Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar - mart oylari davomida RF dan O‘zbekistonga 570 mln dollar — o‘tgan yilga qaraganda 192 mln dollarga ko‘p pul mablag‘lari yuborildi.

2016 yilning birinchi choragida pul o‘tkazmalari hajmi 378 mln dollar, 2015 yilda — 466 mln dollarni tashkil etganini hisobga olganda, bu so‘ngi yillardagi yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Shu vaqt mobaynida O‘zbekistondan Rossiyaga yuborilgan pul o‘tkazmalari miqdori o‘tgan yilning birinchi choragidagi 82 mln dollardan 2017 yilda 68 mln dollarga pasaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 50% ga ortdi