12:06 / 10.06.2017
5 743

Alibaba asoschisining boyligi bir oqshomda 2,8 mlrd dollarga ko‘paydi

Alibaba asoschisining boyligi bir oqshomda 2,8 mlrd dollarga ko‘paydi
Xitoyning Alibaba kompaniyasi asoschisi Jek Maning boyligi savdo bo‘yicha ijobiy prognozlar (o‘sish — 45 foizdan 49 foizga) tufayli bir kechada 2,8 milliard dollarga o‘sdi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Jek Maga 13 foiz aksiyalariga egalik qiladigan Alibaba aksiyalari 13 foizga o‘sdi. Bu rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.

Shu tariqa, 52 yoshli biznesmen 41,8 milliard pulga ega bo‘lib, Osiyoning eng boy insoniga aylandi. Bloomberg milliarderlar indeksi bo‘yicha Jek Ma jahonda 14-o‘rinni egallab turibdi.

Alibaba investorlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlardan birida Ma kompaniya 2036 yili jahonning beshinchi eng yirik korporasiyasiga aylanishni rejalashtirayotganini aytib berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Alibaba asoschisining boyligi bir oqshomda 2,8 mlrd dollarga ko‘paydi