Yaponiyada dunyodagi eng qimmat bir shingil uzum sotildi

  • 12 iyul 2015, 14:39
  • 10 216
  • Iqtisodiyot
  • Yaponiyada dunyodagi eng qimmat bir shingil uzum sotildi

    700 gramm keladigan bir shingil uzum Yaponiyadagi auksionda 1 mln ienga, ya’ni taxminan 8 ming 200 dollarga sotildi, deb yozmoqda Kun.uz. Sotilgan “Rim yoquti” navidagi uzum yaponiyalik seleksionerlarning faxri hisoblanadi. Uzum donlari juda shirin bo‘lib, o‘lchami stol tennisi koptokchasidek keladi. Bu uzum shingillari vazn va shakar miqdori bo‘yicha qattiq tanlovdan o‘tkaziladi. Yiliga bu uzumning hamma standartlarga to‘g‘ri keluvchi hosilidan bir necha shingil olinadi, xolos.

    Auksionda uzumni qo‘lga kiritgan mahalliy restoranlardan birining bosh oshpazi har bir uzum doniga 300 dollardan to‘lagan va bu xarididan juda xursandligini aytdi. Bosh oshpaz bu noyob uzumni vinoga gazak sifatida tortiq qilmoqchi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yaponiyada dunyodagi eng qimmat bir shingil uzum sotildi