18:40 / 26.06.2017
5 511

Evrokomissiya Google’ni 1 mlrd evrolik jarimaga tortmoqchi

Evrokomissiya Google’ni 1 mlrd evrolik jarimaga tortmoqchi
Evrokomissiya seshanba kuni Google’ga 1 mlrd evrolik jarima tayinlashi mumkin. Bu qidiruv tizimlari bozoridagi etakchilikni suiiste’mol qilish tufayli ehtimolga yaqin, deb xabar bermoqda Kun.uz vaziyatdan boxabar manbalarga asosan.

Jarima Google tarkibiga kiruvchi Alphabet xoldingga qo‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari, monopoliyaga qarshi tartibga soluvchi korporasiyadan biznes yuritish shartlariga o‘zgartirish kiritishni talab qilish niyatida.

EKning asosiy da’volari shundan iboratki, Google alohida tovar va xizmatlar bo‘yicha natijalarni soxtalashtiradi hamda shu tariqa, Google’ning tijoriy sheriklari va mijozlari qidiruv natijasida birinchi pozisiyalarda chiqib keladi. Ta’kidlanishicha, Google o‘zining sheriklari yoki mijozlari sanalgan axborot internet-resurslari trafigining oshishiga ham yordam bermoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, EK Google’ga nisbatan etti yildan beri surishtiruv o‘tkazib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Evrokomissiya Google’ni 1 mlrd evrolik jarimaga tortmoqchi