16:08 / 09.07.2017
7 767

Markaziy bank valyuta bozori tez orada liberalizasiya qilinishini bildirdi

Markaziy bank valyuta bozori tez orada liberalizasiya qilinishini bildirdi
O‘zbekiston Markaziy banki hukumat bilan birgalikda mamlakat valyuta bozorini liberalizasiya qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqmoqda, dedi MB departament direktor o‘rinbosari Bobur Abubakirov xalqaro press-klubda o‘tgan yig‘ilishda.

Abubakirov O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida valyutani tartibga solish, valyuta kursi ilg‘or bozor mexanizmlarini joriy qilish ko‘zda tutilganligini eslatib o‘tdi.

"Bu masala bo‘yicha Markaziy bank, hukumat hamda vazirlik va idoralar iqtisodiy bloki bilan hamkorlikda tegishli ishlar amalga oshirilmoqda, tahlil qilinmoqda. O‘ylaymanki, tez kunlarda bu yo‘nalishda tadbirkorlar yaxshi xabar eshitishadi", — dedi Abubakirov.

Markaziy bank vakillari shuningdek, bu yil qayta moliyalash stavkasining yillik 9%dan 14%ga ko‘tarilishiga ham izoh berishdi.

"Hozirda valyuta bozori liberalizasiya haqida gapirmoqdamiz, valyuta kursini bozor mexanizmlari asosida shakllantirishga o‘tmoqchimiz, shu bois stavkani oshirish zarur edi", – dedi MB departament direktor o‘rinbosari Zafar Azimov.

U Markaziy bank mamlakat iste’mol bozoridagi narxlar va inflyasion xatarlarni tahlil qilib borishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar ushbu ko‘rsatkichlar pasaysa, qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytiriladi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ayrim mahalliy OAV va internet nashrlarda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 iyunda qabul qilingan 449-son qaroriga muvofiq, "Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operasiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritilgani xabar qilingandi.

Xabarda bundan buyon birjadan tashqari valyuta bozoridagi operasiyalar vakolatli banklar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bozor kursi bo‘yicha amalga oshirilishi bildirilgan.

Ma’lumot uchun, shu paytga qadar Nizomning 43-bandida "Birjadan tashqari valyuta bozoridagi operasiyalar so‘nggi banklararo savdo sessiyasida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadigan erkin kurs bo‘yicha amalga oshiriladi" deb belgilangan edi.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank valyuta bozori tez orada liberalizasiya qilinishini bildirdi