Shveysariya Milliy banki boshqaruvchilar Kengashining raisi Tomas Jordan iqtisodiy hamkorlik doirasida Toshkentga tashrif buyurdi.
Delegasiya a’zolari Markaziy bankka tashrifi chog‘ida mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyat va bank-moliya tizimida olib borilayotgan islohotlar, xususan investisiya muhitini yanada yaxshilash, bank tizimining barqarorligini ta’minlashdagi chora-tadbirlar bilan tanishdilar.
Muzokaralar chog‘ida mehmon O‘zbekistonning pul-kredit, valyuta siyosatini liberallashtirish borasida ko‘rilayotgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Janob Jordan O‘zbekiston banklari uyushmasida Markaziy bank xodimlari va tijorat banklari rahbarlari uchun “Iqtisodiy shart-sharoitlar va Shveysariya monetar siyosati” mavzuida taqdimot marosimini o‘tkazdi.
Mehmonlar O‘zbekistonga safari davomida Oliy Majlis Senati rahbariyati va hukumat a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tashrif dasturida mehmonlarning qadimiy Buxoroga sayohati ham rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi