O‘zbekiston hukumati bugungi kunda mamlakatda tadbirkorlar uchun mavjud soliqlar sonini qisqartirish ustida ish olib bormoqda. Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekistonning zamonaviy soliq siyosati: vazifalar va amalga oshirish mexanizmi» mavzusidagi navbatdagi sessiyada shu haqda ma’lum qilindi. O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Shuhrat Ismoilov bu masalaga quyidagicha oydinlik kiritdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
«Bugungi kunda bizda tadbirkorlik qilish, sarmoyalar jalb etish uchun qator imtiyozlar bor. Ammo ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari soliq to‘lash borasida ma’lum bir muammolarga duch kelmoqda. O‘zbekiston Jahon bankining Doing Business reytingi soliq to‘lash bandida juda quyi, ya’ni 141-o‘rinda. Buning sabablaridan biri 46 turdagi soliq to‘lovlari mavjudligidadir.
Rivojlangan mamlakatlarda yiliga 4-5 turdagi soliqlar mavjud. Bu yo‘nalish soliq miqdorlarini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqayotgan hujjatlarda qayd etiladi. Oddiy tadbirkor uchun soliq to‘lash mexanizmini ham soddalashtirishimiz kerak», – deb qayd etdi Ismoilov.
Yaqinda davlat rahbari tomonidan qabul qilingan soliq tizimini isloh qilishga doir farmonida qayd etilganidek, 2018 yil 1 yanvaridan O‘zbekistonda soliq ta’tillarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Bu amaliyot, asosan, xolis va pok soliq to‘lovchilar mushkul iqtisodiy holatga tushib qolganda ularga qonunchilikda belgilangan tartibda yengillik taqdim etish maqsadida qo‘llaniladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!