17:07 / 30.08.2017
5 401

Moody's G20 davlatlari iqtisodiyoti o‘sishini taxmin qildi

Moody's G20 давлатлари иқтисодиёти ўсишини тахмин қилди
Moody's xalqaro reyting agentligining taxminiga ko‘ra, G20 mamlakatlari YaIMning umumiy o‘sishi 2017-2018 yillarda 3 foizni tashkil etadi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

«G20 davlatlari iqtisodiyotining o‘sishi 2016 yildagi 2,6 foiz bilan taqqoslaganda 2017 va 2018 yillarda 3 foizga qadar yetadi», - deya ma’lum qilishgan Moody's’dan.

Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, agentlik Germaniya YaIM o‘sishi prognozini ijobiy tomonga qayta ko‘rib chiqqan (2 foizdan 2,2 foizgacha) va Fransiya YaIM bo‘yicha prognozni 2017 hamda 2018 yillar bo‘yicha 1,6 foizga qadar yaxshiladi.

Avvalroq Tojikiston milliy valyutasi Moody's va S&P agentliklarining mustaqil reytinglariga ega bo‘lgani xabar qilingandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Moody's G20 davlatlari iqtisodiyoti o‘sishini taxmin qildi