Tojikiston suyultirilgan gaz importi hajmini oshirdi

  • 22 sentyabr 2015, 01:47
  • 7 160
  • Iqtisodiyot
  • Tojikiston suyultirilgan gaz importi hajmini oshirdi

    Tojikiston joriy yilning 8 oyi davomida suyultirilgan gaz importi hajmini 18 foizga oshirdi. Ushbu yoqilg‘i turiga respublikada talab ancha kattadir.

    Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligida ma’lum qilinishicha, joriy yilning yanvar-avgust oylarida Tojikiston 220 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz import qilgan. Bu ko‘rsatkich 2014 yilning shu davriga nisbatan 35 ming tonnaga ko‘proqni tashkil qilgan.

    Tojikistonga suyultirilgan gaz asosan Qozog‘istondan import qilinadi. Shuningdek, Turkmaniston va Rossiyadan ham oz miqdorda ushbu yoqilg‘i turi etkazib beriladi.

    Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 60 foizdan ko‘proq avtotransport yoqilg‘i sifatida suyultirilgan gazdan foydalanadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tojikiston suyultirilgan gaz importi hajmini oshirdi