00:14 / 17.09.2017
5 837

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro tovar aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazmoqchi

Ўзбекистон ва Қозоғистон ўзаро товар айланмасини 5 млрд долларга етказмоқчи
O‘zbekiston va Qozog‘iston 2020 yilgacha o‘zaro tovar aylanmasini 5 mlrd dollargacha yetkazmoqchi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Toshkentdagi uchrashuv natijalariga ko‘ra ma’lum qildi.

“O‘zbekistonning ba’zi import qilinuvchi mahsulotlar turlariga aksizlarni pasaytirish qarori savdo hamkorligining faollashuvi tomon ijobiy qadam bo‘ldi. Natijada joriy yilning ilk 7 oyida ikki tomonlama savdo hajmi 35 foizga oshdi. Bu juda yaxshi natija”, deb aytgan Nazarboyev.

“2020 yilgacha tovar aylanmasini 5 mlrd dollargacha oshirish vazifasi qo‘yilgan. Shu munosabat bilan hukumatlarga o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va barcha ishlatilmagan zaxiralarni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar berilgan”, deb ma’lum qilgan Nazarboyev.

“O‘rta muddatli istiqbolda 2-3 ta qo‘shma investitsiyaviy loyihani amalga oshirishga kelishib oldik. Davlatlarimizning gaz sohasida hamkorligi samarali rivojlanmoqda. Hukumatlarga ikki tomon manfaatlarini hisobga olgan holda yangi gaz loyihalarini ishlab chiqish topshirildi”, deb qo‘shimcha qilgan Nazarboyev.

2016 yil natijalariga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 2 mlrd dollarni tashkil qilgan. 2017 yil birinchi yarmida ikki davlat o‘rtasida tovar aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,4 foizga, ya’ni 953 mln dollargacha oshgan.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro tovar aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazmoqchi