20:00 / 23.09.2017
6 630

1 oktyabrdan banklarda naqd puldagi xorijiy valyuta mablag‘lari sotilishi kutilmoqda

1 oktyabrdan banklarda naqd puldagi xorijiy valyuta mablag‘lari sotilishi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakat bo‘ylab barcha tijorat banklari 1 oktyabrdan boshlab mijozlarga naqd pul ko‘rinishidagi xorijiy valyuta mablag‘larini sotishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

5 sentyabr kuni Markaziy Bank milliy so‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan yangilangan qiymatini e’lon qilgan edi. Jurnalistning kelgusida ham valyuta qiymatini belgilashda milliy valyutaning devalvatsiya qilinish ehtimoli haqidagi savoliga Bosh vazir «buni bozor ko‘rsatadi», deya javob berdi.

Ayni paytda banklardagi Konversion bo‘lim tomonidan aholiga valyuta sotish amaliyoti naqdsiz ko‘rinishda amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 1 oktyabrdan banklarda naqd puldagi xorijiy valyuta mablag‘lari sotilishi kutilmoqda