17:31 / 27.09.2017
5 571

Savdolar natijalari O‘zRVB saytida joylashtiriladi

Savdolar natijalari O‘zRVB saytida joylashtiriladi
Markaziy bank Boshqaruvi qarorlari (2017 yil 26 sentyabr; 2017 yil 26 sentyabr) bilan Chiqarilgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalariga xizmat ko‘rsatish va ularning muomalasi to‘g‘risida nizom va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi to‘g‘risida nizomga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Kiritilgan qo‘shimchalarga binoan, O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) MBning e’loni asosida o‘z saytida o‘tkazilayotgan auksionlar haqidagi axborotni e’lon qiladi. Savdolar natijalari ham shu yerda e’lon qilinadi.

O‘zRVBda tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, obligatsiyalarning nomi, soni, kotirovkasi (narxi) va bitim tuzilgan sanadan tashqari uchinchi shaxslarga oshkor qilinmaydi. Ushbu axborot sudlarga beriladi. Surishtiruv va tergov organlari ularni faqat jinoiy ish qo‘zg‘atilgan taqdirda olishi mumkin.

Hujjatlar rasman e’lon qilingan va 26.09.2017 yilda kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Savdolar natijalari O‘zRVB saytida joylashtiriladi