13:02 / 29.09.2017
6 063

O‘zbek mahsulotlari rasman Amazon’da sotiladi

O‘zbek mahsulotlari rasman Amazon’da sotiladi
Xalqaro tashqi savdo kompaniyasi bo‘lgan “Uztrade” va Amazon korporatsiyasi hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdilar, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

“Uztrade” kompaniyasi vakilining fikriga ko‘ra, O‘zbekiston–AQSh o‘rtasidagi ulkan masofani hisobga olib, elektron savdolarni rivojlantirish muhim ahamiyatiga ega.

Ikki mamlakat o‘rtasida savdo aloqalarini rivojlantirish maqsadida Amazon korporatsiyasi bilan shartnoma imzolangan.

“Uztrade” kompaniyasining Nyu-Yorkdagi savdo uyiga tegishli bo‘lgan omborxonalar o‘zbek tadbirkorlari ixtiyoriga berilgan.

Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi doirasida kichik biznes sub’ektlari tomonidan 20 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda shartnomalar imzolaganlar.

Ma’lumot uchun, Amazon kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikning turli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqmoqda. Amazon Web Services kompaniyasi quyosh panellaridan foydalangan holda data-markaz qurishni va o‘z xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbek mahsulotlari rasman Amazon’da sotiladi