O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa investitsiya banki vakillari Vashington shahrida moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonda tashkil etilayotgan YeIB faoliyatiga oid bir nechta hujjatlar imzoladi. Endilikda Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonda hukumat va nodavlat tomonidan ishlab chiqilgan turli loyihalar, jumladan davlat infratuzilmalari, energetika, energo samaradorlik kabi tarmoqlarni rivojlantirish uchun moliyaviy madadni ajratishi ma’lum bo‘ldi.
Bank axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi to‘rtinchi hamkor davlatga aylandi. Umumiy shartnomalar qiymati qariyb 700 million yevrodan oshadi.
O‘z o‘rnida O‘zbekiston tomonidan kelishuvni imzolagan Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, YeIB bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan islohotlarning muhim qismi bo‘lib, bu bilan mamlakatdagi investitsion iqlimni yaxshi tarafga o‘zgarishi doirasida amalga oshirilgan ishning amaliy ifodasini ko‘rishimiz mumkin.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi