Shavkat Mirziyoyev nima uchun Moliya vazirining Davlat byudjeti loyihasini tasdiqlamadi?

  • 22 dekabr 2017, 14:30
  • 4 881
  • Iqtisodiyot
  • Shavkat Mirziyoyev nima uchun Moliya vazirining Davlat byudjeti loyihasini tasdiqlamadi?
    Prezident Qo‘chqorovdan yangi byudjet loyihasini kutayotganini aytdi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida qonunning birdan-bir manbai va muallifi tom ma’noda xalq bo‘lishi shartligini alohida qayd etdi.

    Yana bir bor aytaman: parlament xalqning dardi va muammolarini hal etadigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadigan “tafakkur markazi” vazifasini bajarishi zarur.

    Shuningdek, Prezident Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov tomonidan kuni kecha senatorlar e’tiboriga taqdim etilgan Davlat byudjeti loyihasi alohida to‘xtaldi.

    Davlat rahbari Davlat byudjeti loyihasi har tomonlama chuqur o‘rganib chiqilmas ekan, unga qo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi.
    Qo‘chqorovdan esa yangi byudjeti loyihasini kutayotganini, bu masalani shu kunlarda alohida ko‘rib chiqishini aytdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shavkat Mirziyoyev nima uchun Moliya vazirining Davlat byudjeti loyihasini tasdiqlamadi?