13:21 / 25.01.2018
6 888

Yangi qonun bilan yangi kodeks tasdiqlandi

Yangi qonun bilan yangi kodeks tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 24 yanvar kuni «O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksini tasdiqlash haqida» O‘zbekiston Respublikasining Qonunini imzoladi. Hujjat matni «Xalq so‘zi online» nashrida e’lon qilindi.

Ushbu qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 6 dekabrda qabul qilingan bo‘lib, Senat tomonidan 2017 yil 20 dekabrda ma’qullangan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi tasdiqlanadi. Iqtisodiy protsessual kodeks matni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plamida e’lon qilinadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini Kodeksga muvofiqlashtirib, davlat boshqaruvi organlari Kodeksga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishadi va bekor qilishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Kodeksning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mohiyati va ahamiyati tushuntiradi.

Ushbu qonun 2018 yil 1 apreldan e’tiboran kuchga kiradi.

Manba: xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Yangi qonun bilan yangi kodeks tasdiqlandi