Tojikiston valyutasi kursi rublga nisbatan 30 foizdan ko‘proqqa o‘sdi

  • 17 dekabr 2014, 21:50
  • 6 537
  • Iqtisodiyot
  • Tojikiston valyutasi kursi rublga nisbatan 30 foizdan ko‘proqqa o‘sdi

    Tojikiston milliy valyutasining rublga nisbatan kursi bir sutkada 30 foizdan ko‘proqqa o‘sdi. “TASS”ning xabar berishicha, Dushanbedagi yirik valyuta ayirboshlash shoxobchalarida 1 ming Rossiya rubli kursi 100 somonidan 65 somonigacha tushib ketgan. Rubl kursi tushib ketganini Tojikiston milliy banki vakillari ham tasdiqlagan.

    Ayni vaqtda, somoni kursi AQSh dollariga nisbatan pastlamoqda: o‘tgan hafta oxirida valyuta ayirboshlash shoxobchalarida 1 AQSh dollari 5,3 somoniga baholangan bo‘lsa, 17 dekabrga kelib 5,62 somonidan 5,7 somonigacha baholanmoqda.

    Tojikiston Markaziy banki somonining rublga nisbatan kursini an’anaviy tarzda ayirboshlash shoxobchalaridagi kursga nisbatan yuqori qilib belgilaydi. Tojikiston tijorat banklarida rubl qadrining keskin tushib ketganiga qaramay, “TASS”ning alohida qayd etishicha, Rossiya valyutasi Tojikistonda hali ham qadrlanmoqda.

    17 dekabr tongida Tojikiston Milliy banki rasmiy kursini 1 ming rublga 52 somoni qilib belgiladi (rubl noyabrdagi kursga nisbatan 2,9 foizga qadrsizlangan). Rubl kursining tushishi tendensiyasi, Rossiyaning o‘zida ham rubl atrofidagi ahvol havas qilarlik bo‘lmagani sabab, davom etishi ehtimoli katta.

    “TASS”ning yozishicha, Tojikistondagi har uchinchi oila amalda o‘z qarindoshlarining xorijdagi, asosan, Rossiyadagi daromadlariga qat’iy bog‘lanib qolgan. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, Tojikistonning 1,2 million aholisi Rossiyada mehnat qiladi. O‘tgan yili Tojikistonga Rossiyadan 3,5 milliard dollar pul o‘tkazilgan bo‘lib, bu mamlakat YaIMining 40 foizini tashkil etgan.

    Manba: Kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tojikiston valyutasi kursi rublga nisbatan 30 foizdan ko‘proqqa o‘sdi