O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida tojik tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar ajratish to‘g‘risida bitim imzolanadi. Bu haqda Aziya Plyus xabar bermoqda.
Keltirilgan summa Tojikiston banklarining hisobiga imtiyozli tarzda o‘tkaziladi. O‘zbekiston tomonidan ajratiladigan bu mablag‘ qaysi bank hisobiga o‘tishi esa ma’lum qilinmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kreditlar tojikistonlik tadbirkorlarga katta imtiyozlar berishi ta’kidlangan.
Kredit shartlarida mazkur mablag‘ O‘zbekiston hukumati va xususiy korxonalari bilan ishlashni istagan va aniq rejaga ega bo‘lgan tojikistonlik biznesmenlarga berilishi ma’lum qilingan.
Ma’lumot uchun, 2017 yilda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2016 yilga nisbatan 82 foizga oshib, 126 mln dollarni tashkil qilgan.
Ushbu savdo aylanmasi tarkibini 69 mln dollarlik Tojikistonga, 57 mln dollarlik O‘zbekistonga eksport qilingan tovarlar tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi