O‘zbekistonda ushbu yilning 1 sentyabriga qadar elektron pullar oborotini tartibga soluvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik.
O‘zbekiston Prezidenti qaroriga muvofiq, yangi qonun loyihasi ishlab chiqishga Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va yana bir qator boshqa muassasalar javobgar bo‘ladi.
Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiyalar markazida blokcheyn texnologiyalari vakolat markazi yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Blokcheyn (blockchain) — tarqatilgan ma’lumotlar bazasi tizimi.
Ushbu markazning asosiy vazifasi “blokcheyn” texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanish uchun sharoit yaratish, ushbu sohada mahalliy mutaxassislar yetishtirish va sohani o‘zlashtirishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash kiradi. Rejaga ko‘ra, markaz 2018 yilning 1 sentyabridan ishga tushishi kerak.
Tashabbusning yana bir muhim jihati — Prezident Respublika hududida kontaktsiz elektron to‘lovlar tizimini rivojlantirishni topshirdi. Jumladan “PayPal”, “Alipay”, “Visa” va “Mastercard” kabi xalqaro to‘lov tizimlari yordamida ham. Elektron to‘lovlar tizimi 1 iyunga qadar ishlab chiqarilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, oldin O‘zbekiston Markaziy banki virtual mablag‘lar borasida salbiy fikr bildirgan edi. Keyinroq Bosh vazir Abdulla Aripov Qozog‘istondagi forumda O‘rta Osiyo mamlakatlarida blokcheyn texnologiyasidan foydalanishni qo‘llab-quvvatlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi