23:24 / 17.03.2018
4 808

Naqd xorijiy valyutani qabul qilish haqidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi

Naqd xorijiy valyutani qabul qilish haqidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, eksport faoliyatini amalga oshirishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga:

— O‘zbekiston Respublikasi hududida tovar (ish, xizmat)larni norezidentlar tomonidan valyuta mablag‘lari tijorat banklari kassalariga kirim qilinishi asosida naqd chet el valyutasiga eksport qilish;

— xorijda o‘tkazilgan ko‘rgazma va yarmarkalarda tovarlarni sotishdan olingan naqd chet el valyutalarini O‘zbekiston Respublikasidagi tijorat banklari kassalariga kirim qilish huquqlari berildi.

Bundan tashqari, endilikda tovar (ish, xizmat)lar uchun to‘lovlarni AQSh dollari, ingliz funt sterlingi, yevro, shveysariya franki, yapon iyenasidan tashqari tijorat banklari o‘z ixtiyoriga ko‘ra boshqa valyutalarni ham qabul qilishlari mumkin.

Respublika aholisiga yaratilgan qulayliklardan yana biri tijorat banklari kassalariga naqd chet el valyutasini qabul qilishda:

— jismoniy shaxs-norezident tomonidan nakd xorijiy valyutani chetdan olib kelganini tasdiqlovchi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi
yoki jismoniy shaxs-norezidentning hisobvarag‘idan naqd xorijiy valyutani yechib olinganligi to‘g‘risidagi tijorat banki ma’lumotnomasi;

— ustav fondiga (ustav sarmoyasiga) badal uchun naqd chet el valyutasi qabul qilinganda ta’sis hujjatlarining bankka taqdim etilishi bekor qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Naqd xorijiy valyutani qabul qilish haqidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi