O‘zbekistonda soliq tizimini tubdan o‘zgartiruvchi yangi Konsepsiya ishlab chiqildi

  • 28-03-2018, 12:11
  • 2 670
  • Iqtisodiyot
  • O‘zbekistonda soliq tizimini tubdan o‘zgartiruvchi yangi Konsepsiya ishlab chiqildi
    Foto: «infoCOM.UZ»
    O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilish Konsepsiyasi loyihasi e’lon qilindi.

    Mazkur Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan ishlab chiqildi.

    Mutaxassislarning fikricha, bu revolyutsion hujjat hisoblanadi. Agar u qabul qilinsa va amalga oshirilsa, mamlakatda biznes muhiti butunlay yaxshi tomonga o‘zgaradi.

    Shu yilning 29 mart kuni «O‘zekspomarkaz»da mazkur muhim hujjat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Soat 10:00da boshlanadigan muhokamaga soliq sohasidagi ekspertlar, biznes-jamoatchilik vakillari, OAV, xalqaro moliya institutlari, diplomatik korpuslar va boshqalar taklif qilinadi.

    Konsepsiya loyihasining batafsil sharhi saytimizda e’lon qilinadi.

    » » O‘zbekistonda soliq tizimini tubdan o‘zgartiruvchi yangi Konsepsiya ishlab chiqildi