18:27 / 29.03.2018
7 210

Faqat dividendlardan foyda solig‘i to‘lanadi

Faqat dividendlardan foyda solig‘i to‘lanadi
Soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini bekor qilish va faqat mulkdorlarga dividendlar tarzida to‘lanadigan foydaning bir qismiga soliq solish taklif etilmoqda, deb yozmoqda Norma.

Foyda solig‘i (14%) va dividend solig‘i (10%) o‘rniga faqat 25%lik stavkadagi dividend solig‘i joriy etiladi.

Bugungi kunda umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar va to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlar qismida soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llovchilar foyda solig‘ini to‘laydilar.

Quyidagilarga foyda solig‘i solinadi:
• foyda, ya’ni jami daromad bilan chegiriladigan xarajatlar o‘rtasidagi farq;
• to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlar.

Demak, foyda solig‘idan tashqari, dividendlarni to‘lash chog‘ida 10%lik stavkada dividend solig‘i ham to‘lanar ekan.

Quyidagi islohot amalga oshiriladi:
• bugungi kunda eng murakkablaridan biri hisoblangan soliq bekor qilinadi;
• soliq ma’muriyatchiligi soddalashtiriladi;
• dividendlar hisobiga xodimlarga xufiya to‘lovlar sxemalari naf keltirmaydigan qilib qo‘yiladi;
• mulkdorlarning biznesni kengaytirishi yoki yangisini ochishi rag‘batlantiriladi.

Foyda investitsiyalarga sarflansa, unga soliq solinmaydi.

Foyda solig‘ining bekor qilinishi banklar va sug‘urta tashkilotlariga daxl etmaydi. Norezidentlar uchun ham soliq solishning alohida tartibi taklif etilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Faqat dividendlardan foyda solig‘i to‘lanadi