4 776
Markaziy bank kartadan qancha miqdorda valyuta yechib olish mumkinligiga aniqlik kiritdi
O‘zbekiston Markaziy banki valyuta operatsiyalari borasidagi so‘rovlar yuzasidan ma’lumot berdi, deb yozadi Sputnik.
Bank matbuot xizmatining bildirishicha, yuridik shaxslar joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklanmagan miqdorda xarid qilishlari mumkin; eksport bilan shug‘ullanuvchi firma va boshqa sub’ektlar xorijiy valyutadan tushumini majburiy sotish talabisiz foydalanishlari mumkin.
Fuqarolar bank kartalaridagi xorijiy valyutani hech qanday cheklovlarsiz yechib olishlari, onlayn-tizimlar orqali o‘tkazishlari, ruxsatnomasiz 5 ming dollargacha mablag‘ni respublika tashqarisiga olib chiqishlari mumkin, faqat 2 ming dollardan ortiq mablag‘ bo‘lgan taqdirda majburiy deklaratsiyalash lozim bo‘ladi.
Yakka tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari o‘zlarining bankdagi hisobvarag‘idan naqd valyutani cheklanmagan miqdorda yechib olishi mumkin.
Avvalroq O‘zbekistonda shu yilning 1 noyabriga qadar tun-u kun ishlaydigan avtomatlashgan valyuta almashtirish punktlari ishga tushishi xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi