08:05 / 14.04.2018
4 107

Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan Ilhom Norqulov Markaziy bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Ilhom Norqulov O‘zbekiston Moliya vazirligi tizimida va iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektorida faoliyat ko‘rsatgan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida xalqaro iqtisodiy aloqalar yo‘nalishida bakalavr, Glazgo universitetida (Buyuk Britaniya) «Iqtisodiy rivojlanish» yo‘nalishida magistr darajasini olgan.

Markaziy bankdagi faoliyatini 2010 yilda bosh iqtisodchi lavozimida boshlagan. 2013−2018 yillarda MB Monetar siyosat departamentini boshqargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi