22:03 / 03.05.2018
4 442

O‘zbekiston xalqaro obligatsiyalar bozoriga 1 milliard dollar bilan kirib keladi

O‘zbekiston xalqaro obligatsiyalar bozoriga 1 milliard dollar bilan kirib keladi
O‘zbekiston xalqaro obligatsiyalar bozorida ilk bor 1 milliard AQSh dollar qiymatidagi bondlarga ega bo‘lishdan umidvor. Shunga qaramay, yakuniy qaror prezident tomonidan qabul qilinadi.

Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov mamlakat 2018 yilda suveren kredit reytingini qo‘lga kiritgan sharoitda birinchi marta 200-300 million dollar miqdorida yevrobondlar joylashtirishi haqida ma’lumot bergandi. Keyinchalik, bu raqam aslida 1 milliard AQSh dollari atrofida bo‘lishi kutilayotgani aytilgandi.
Xabar qilinishicha, reytingni olish uchun «Yo‘l xaritasi»ni Citigroup (AQSh) tayyorlaydi. U bilan tegishli memorandum allaqachon imzolangan. Unga ko‘ra, Citibank moliyaviy konsultant sifatida ish boshlashi mumkin.

O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalar bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, mahalliy ishlab chiqarish sektorlariga, shuningdek, bank-moliya tashkilotlariga past foizdagi xorijiy sarmoyalarni olib kirish imkoniyatini oshiradi. Mamlakatning suveren reytingga ega bo‘lmasligi uning sub’ektlarining - emitentlar, xususan, banklar va sug‘urta tashkilotlarining yuqoriroq moliyaviy reytingga da’vo qilishini qiyinlashtiradi. Mamlakat tomonidan bondlar chiqarilishi suveren reyting olishdagi dastlabki zaruriy qadamlardan biridir.

O‘zbekiston hukumati vakilining fikriga ko‘ra, Raiffeissen Bank International AG joriy yilda bondlarni yetkazib beruvchi moliya tashkiloti sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog‘iston va Tojikistondan so‘ng, yevrobondlarni joylashtiruvchi uchinchi davlat bo‘lishi kutilmoqda. Aynan Tojikiston Respublikasi ham o‘tgan yili sentyabr oyida 500 million AQSh dollariga teng yevrobondlarni Raiffeissen ko‘magida muomalaga kiritgandi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan ikki yil davomida O‘zbekiston iqtisodiyotida statistika raqamlarining tushishi kuzatildi. Ammo, bu valyuta "qora bozor"iga barham berish, valyuta liberallashuvi, YaIM o‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida real raqamlarni taqdim etish bilan ifodalanadi.

O‘ylaymizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshlagan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar tadrijiy o‘z hosilasini berib boradi, O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalar bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishida muhim, eng asosiysi o‘z vaqtida qarorlar qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston xalqaro obligatsiyalar bozoriga 1 milliard dollar bilan kirib keladi