09:30 / 11.05.2018
4 816

O‘zbekistonda avtomobil va benzin ishlab chiqarish hajmi ortdi (infografika)

O‘zbekistonda avtomobil va benzin ishlab chiqarish hajmi ortdi (infografika)
O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlarida so‘z yuritilgan.

Xususan, yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, 51 005 avtomobil ishlab chiqarildi. 2017 yilda esa bu ko‘rsatkich 40 366tani tashkil etgan. Shu tariqa, o‘sish 26,4%ni tashkil etdi.

Benzin ishlab chiqarish 3,7%ga ortib, 378,9 ming tonnani tashkil qildi (2017 yil yanvar oyida 365,5 ming tonna).

Bundan tashqari, avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish 37%ga o‘sdi.

Yuk mashinalari va avtobus ishlab chiqarish deyarli ikki barobarga tushib ketdi. Xususan, o‘tgan yilning yanvar-aprelda 300ta avtobus va 1204ta yuk mashinasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yilning xuddi shu davrida mos ravishda faqat 144 va 854ta avtobus hamda yuk mashinasi chiqarildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda avtomobil va benzin ishlab chiqarish hajmi ortdi (infografika)