11:02 / 11.05.2018
4 308

Bill Geyts: «Kripto» pullarning kelajagi yo‘q

Bill Geyts: «Kripto» pullarning kelajagi yo‘q
97,8 milliard AQSh dollari miqdorida boylikka ega «Microsoft» asoschisi Bill Geyts «bitcoin» va «kripto» pullarining kelajagi yo‘qligini aytdi. Bu haqda «Sabah»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Uorren Baffet va Charli Myunger bilan birgalikda CNBC telekanalining «Squawk Box» ko‘rsatuvida qatnashgan Geyts «kripto» puliga ega emasligini, lekin avvalroq tug‘ilgan kun uchun «bitkoin» sotib olganini aytdi.

«Bir tanishim menga tug‘ilgan kunimda «bitkoin» sovg‘a qilgan edi. Bir necha yil o‘tib uni sotib yubordim», – degan Bill Geyts.

«Bitkoin» spekulyatsiyadan boshqa narsa emas. Agar imkoni bo‘lganida, unga butunlay barham berardim», – deya so‘zini davom ettirgan «Microsoft» asoschisi.

O‘tgan yili qiymati 1000 dollardan 19000 dollarga yuksalgan «bitkoin» bu hafta 9000 dollar atrofida baholandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bill Geyts: «Kripto» pullarning kelajagi yo‘q