23:50 / 06.06.2018
4 570

Tadbirkorlarni eng ko‘p qaysi muammolar qiynamoqda?

Tadbirkorlarni eng ko‘p qaysi muammolar qiynamoqda?
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mas’ul xodimlari ishtirokida joriy yilning may oyi uchinchi dekadasi va iyun oyi birinchi dekadasi davomida viloyatlarda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidagi muammolarni o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etildi. Tadbirlarda 500 ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlarga hozirgi kunda mamlakatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan axborotlar berilib, ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar va muammolar atroflicha o‘rganilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbirkorlarning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarning aksariyati quyidagi sohalarda vujudga kelmoqda:

— 41,6 % bo‘sh turgan bino-inshootlarni “nol” qiymatda olish, auksion savdolarida ishtirok etish, yer ajratilishi;

— 32,2 % bank-moliya, kredit, garov ta’minoti;

— 10,6 % xom ashyo resurslarini sotib olish, birja savdolar ishtirok etish;

— 4,3 % kommunikatsiya tizimiga ulanish, arxitektura va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

— 2,7 % qonunbuzarlik, mansab vazifasini suiste’mol qilish, tanish-bilishchilik, ta’magirlik va korrupsiya;

— 1,6 % ruxsatnoma va litsenziyalar, noqonuniy aralashuv;

— 7,1 % boshqa muammolar.

Ko‘tarilgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, korxona ochish tartibi, raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarga sifatli mahsulotlarni olib chiqish, eksport operatsiyalarini amalga oshirish, xorij hamkorlarni izlab topish borasida mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Tadbirkorlarni eng ko‘p qaysi muammolar qiynamoqda?