O‘zbekistonda Islomiy shartlar asosida kredit olish imkoniyati paydo bo‘ldi

  • 14-06-2018, 06:30
  • 2 157
  • Iqtisodiyot
  • O‘zbekistonda Islomiy shartlar asosida kredit olish imkoniyati paydo bo‘ldi
    Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) O‘zbekistondagi Asia Alliance Bank bilan savdo-sotiqni islom bankingi qoidalarining murobaxa prinsipi asosida kreditlash uchun yuz million dollar ajratish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.

    ITFC matbuot xizmatining bildirishicha, bu islom bankingi bo‘yicha O‘zbekiston bilan imzolangan eng birinchi shartnoma bo‘ldi. Ajratilgan pul kichik va o‘rta shirkatlarga kredit sifatida berilishi mo‘ljallangan.

    Islomda ustama foizga qarz berish taqiqlanadi. Shuning uchun ko‘pchilik musulmon davlatlarida maishiy maqsadlar uchun murobaxa prinsipi asosida qarz beriladi.

    Bunda bank mijoz tanlagan tovarni o‘zi sotib oladi va mijozga oyma-oy uzib yuborish sharti bilan qimmatroq narxga sotadi.

    May oyida prezident Mirziyoyev mamalakatda islom bankingi prinsiplarini joriy etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish uchun ishchi guruhi tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

    » » O‘zbekistonda Islomiy shartlar asosida kredit olish imkoniyati paydo bo‘ldi