Foto: Tashqi savdo vazirligi
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Xalqaro taraqqiyot Agentligi (USAID) vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Manba bergan ma’lumotda qayd qilinishicha, uchrashuvda mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.
Muzokaralar chog‘ida USAID Markaziy Osiyoda raqobatbardoshlilik, savdo va ish o‘rinlari yaratish loyihasi doirasida ushbu jarayonning boshlang‘ich bosqichida O‘zbekiston hukumatiga har tomonlama yordam berishga tayyor ekanini qayd etgan.
Muloqot chog‘ida USAID vakillari mamlakat JST a’zo bo‘lishining muhim sharti sifatida yangilangan tashqi savdo memorandumini ishlab chiqishni taklif qilgan.
Mazkur hujjat O‘zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarga taalluqli mavjud vaziyatni to‘lig‘icha o‘zida aks ettirishi sabab muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Shuningdek, USAID ushbu vaziyatda O‘zbekistonga texnik ko‘mak berishni ham rejalashtirgan. Gap o‘zining maslahatlari bilan davlatlarga JSTning a’zolari bo‘lish imkonini bergan Yovan Yekich rahbarligidagi ekspertlarni jarayonga jalb etish haqida bormoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring