Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston eksporti 2,9 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan qariyb yarmi (49 foizi) Shveysariyaga oltin eksport qilish hissasiga to‘g‘ri keldi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida yurtimizda to‘lov balansi metodologiyasi bo‘yicha tovarlar eksporti 2,6 milliard dollar, importi esa 3,6 milliard dollarni tashkil etgan.
Mahsulotlar importi hajmining oshishi ishbilarmonlarning iqtisodiyotning norasmiy sektoridan bank sektoriga o‘tishi, shuningdek, xorij valyutasidagi kreditlar ko‘magida korxonalar ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish hisobiga bo‘ldi.
Eksport tovarlarining umumiy hajmida oltin (1,3 milliard dollar) va gaz (487,2 million dollar) ustunlik qilib, ular eksport summasining 61 foizini qamrab oldi.
Xalqaro bozorlarda shakllangan oltin va gaz narxlari mamlakatning umumiy eksporti hajmiga sezilarli ta’sir qilgan bo‘lsa, Shveysariya o‘zbek tillasi eksport qilingan asosiy mamlakatga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi