Markaziy bank valyuta olib kirish va olib chiqishni erkinlashtirish taklifini berdi

  • 29 iyun 2018, 13:40
  • 2 053
  • Iqtisodiyot
  • Markaziy bank valyuta olib kirish va olib chiqishni erkinlashtirish taklifini berdi
    Markaziy bank valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini soddalashtirishni rejalashtirmoqda. Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida e’lon qilingan “Valyutani tartibga solish va valyuta nazorati to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasida aytiladi.

    Yanvar oyidan boshlab jismoniy shaxslar deklaratsiyasiz mamlakatdan 2 ming dollargacha olib chiqib ketishlari mumkin, Markaziy bank bu bandni 5 ming dollar qilishni taklif etmoqda.

    Hozirda alohida ruxsatnomasiz 5000 dollargacha bo‘lgan valyuta olib chiqib ketish mumkin. Markaziy bank buni 10 ming dollar qilishni, bundan ortiq bo‘lgan summani olib kirishda to‘ldirilgan bojxona deklaratsiyasi asosida, yoki olimpiada g‘olib va sovrindorlari tomonidan, tasdiqlovchi hujjat bo‘lganda olib chiqishga ruxsat berishni taklif etdi.

    Bundan tashqari, jismoniy shaxslar-rezidentlarga xorijiy banklarda hisob ochish va undan foydalanishga ruxsat berish taklif etildi, hozir bu faqat chet elda bo‘lish vaqti davrida amalga oshirilishi mumkin (faoliyat yakunida hisob yopilishi kerak).

    Rezident-yuridik shaxslarga keladigan bo‘lsak, ularga hisob raqamlarini erkin ochishga ruxsat berishni mo‘ljallanmagan, ammo bu band prezidentning biznesni liberallashtirish bo‘yicha qarori loyihasida bor edi, lekin yakuniy tahrirga kirmagan.

    Shuningdek, repatriatsiya tartibini belgilash taklif etilmoqda, unga muvofiq joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha so‘m va xorijiy valyuta repatriatsiyasi muddati norezidentning majburiyatlari yuzaga kelgan kundan boshlab 180 kundan oshmasligi kerak. Agar davr oshib ketgan bo‘lsa, operatsiya kapital harakatlanishi bilan valyuta bitimi sifatida ko‘riladi.

    Loyihada ko‘rsatilishicha, Markaziy bank valyuta operatsiyalarini joriy qilingan kundan boshlab bir yilga vaqtincha to‘xtatib qo‘yishga haqli. Cheklovlar belgilangan muddat tugagandan so‘ng, ular bekor qilingan hisoblanadi. Hozirda muddat yozilmagan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Markaziy bank valyuta olib kirish va olib chiqishni erkinlashtirish taklifini berdi