13:13 / 14.07.2018
3 945

Jahon banki O‘zbekistonga 500 million dollar taqdim etdi

Jahon banki O‘zbekistonga 500 million dollar taqdim etdi
Foto: Moliya vazirligi
Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlarni samarali davom ettirish uchun 500 million dollar ajratdi. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.

Moliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlarning uchrashuvi O‘zbekistondagi boshlangan islohotlarni samarali o‘tkazish maqsadida 500 million dollarni ajratish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashdan boshlandi.

Myuller xonim uchrashuv davomida ikkitomonlama munosabatlar iqtisodiyotning barcha jabhalarida, xususan qishloq xo‘jaligi, soliq islohotlari va Shavkat Mirziyoyevning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligiga intilishida, ilgarilab borayotganini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, Jahon banki mutaxassislari joriy yilning avgust oyi birinchi o‘n kunligida O‘zbekistonda soliq islohotlarni samarali davom ettirish hamda yangi tahrirdagi kodeks loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, bank vakillari pensiya islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilashda ham texnik yordam ko‘rsatishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jahon banki O‘zbekistonga 500 million dollar taqdim etdi