4 363
Elektron tijorat orqali sotilgan 3 ming dollargacha bo‘lgan tovarlar eksporti monitoringdan o‘tkazilmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanaliga asosan "Xabar" nashri ma’lumot berdi.
Farmonga muvofiq endilikda:
- elektron tijorat orqali sotilgan qiymati uch ming AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlar (xizmatlar) eksporti Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida monitoringdan o‘tkazilmaydi;
- tijorat banklariga qo‘yilgan to‘lovlarning uchinchi shaxslar hisobidan undirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha talab, tovarlarni (xizmatlarni) elektron tijorat orqali realizatsiya qilish holatlariga tadbiq etilmaydi;
- tovar va xizmatlarni internet-do‘kon va elektron savdo maydonchalari orqali sotuvchi shaxslar o‘z faoliyatlarini elektron chek yoki haq olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat yuborishni ta’minlaydigan virtual terminallarni (E-POS) qo‘llagan holda amalga oshirish huquqiga ega.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi