22:43 / 19.07.2018
5 870

O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul hajmi ortdi

O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul hajmi ortdi
O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul hajmi ortishda davom etmoqda. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga qaraganda, 1 iyul holatiga ko‘ra, muomaladagi naqd pullar 21 trillion so‘mni tashkil qildi. 1 iyun holatiga ko‘ra 20 trillion so‘m naqd pul, 1 may holatiga ko‘ra esa 18 trillion so‘m muomalada bo‘lgan.

Shu bilan birgalikda, so‘mdagi jamg‘armalarda saqlanayotgan pullar miqdori ham ortdi. 1 iyul holatiga ko‘ra jamg‘armalarning umumiy hajmi 32,8 trillion so‘mni tashkil qildi.

Valyuta jamg‘armalaridagi pullar miqdori esa aksincha kamaymoqda. 1 iyul holatiga ko‘ra ular 23 trillion so‘mni tashkil qildi.

Keng ma’nodagi pul massasi (muomaladagi naqd pullar, jamg‘arma va qimmatli qog‘ozlar) 1 iyul holatiga ko‘ra 77,4 trillion so‘mni tashkil qilgan. Iyunda bu ko‘rsatkichi 76,2 trillion so‘m, mayda — 74,6 trillion so‘mga teng bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul hajmi ortdi