20:05 / 09.08.2018
3 780

Amazon kompaniyasi vakillari Artel zavodiga tashrif buyurdi

Amazon kompaniyasi vakillari Artel zavodiga tashrif buyurdi
AQShning Amazon kompaniyasi vakillari mamlakatimizga tashrif buyurdi. Ular Artel zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda korxona o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Mazkur tashrifdan maqsad O‘zbekistonda yanada qulay IT ekotizimlarini yaratish hamda o‘zaro hamkorlik nuqtalari va istiqboldagi loyihalar uchun yo‘nalishlar topishdir.

Amazon mutaxassislari Ahmed Elbaz hamda Veranika Ramanovskaya o‘zbek brendi vakillari bilan uchrashib, ana shu masalalarni muhokama qildi.

Eslatib o‘tamiz, Amazon mahsulot hamda xizmatlarni internet orqali taqdim etuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Mehmonlar Artel zavodining ishlab chiqarish bazalari va logistika markazi, tadqiqotlar va takomillashtirish markazi hisoblangan R&D bo‘limini ko‘zdan kechirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Amazon kompaniyasi vakillari Artel zavodiga tashrif buyurdi