13:10 / 14.08.2018
3 708

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymati haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, bir qancha vaqt davomida arzonlab kelgan AQSh dollari 7.15 so‘mga qimmatlab, 7790.20 so‘mni tashkil qildi.

Yevroning narxida esa keskin arzonlashish ko‘zga tashlandi. Bir yevroning narxi 8888.62 so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, bir hafta oldingi narxga nisbatan 114.03 so‘mga arzonladi.

Bir rubl esa 115.07 so‘mni tashkil qilishi belgilandi. Ko‘rish mumkinki, o‘tgan haftadagi narxga nisbatan narx 7.89 so‘mga kamaygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi